Home/Yangiliklar/Suv polosi. O‘zbekiston chempionati yakunlandi

Suv polosi. O‘zbekiston chempionati yakunlandi

← Oldingi Keyingi →
61

Poytaxtimizdagi suv sporti turlariga qarashli Respublikka oliy sport mahorati maktabining suzish havzasida suv polosi bo‘yicha 2008-2009 yillarda tavallud topgan o‘smir-qizlar jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan mamlakat chempionati bahslari nihoyasiga yetdi.

Bugun bu yerda so‘nggi kungi bahslar bo‘lib o‘tdi va uning yakunlariga ko‘ra chempionat sovrindorlari maʼlum bo‘ldi.

Xususan, o‘smirlar jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan final uchrashuvida Toshkent shahri jamoasi namanganlik vaterpolchilar bilan kuch sinashdi. Mamlakat chempionligi uchun kechgan bahs kutilganidek murosasiz ruxda kechdi va 17:12 hisobida poytaxtliklarning g‘alabasi bilan yakun topdi.

Uchinchi o‘rin uchun kechgan o‘yinda ham kurash so‘nggi daqiqalarga qadar davom etdi va unda Farg‘ona viloyati jamoasi Respublika oliy sport mahorati maktabi (ROSMM) vakillarini boy yo‘g‘i bir to‘p farqi bilan 13:12 hisobida yengishdi.

5-6 o‘rinlar uchun bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Yunusobod tumanidagi 2-son sport maktabi jamoasi Sirdaryo viloyati vakillarini 14:8 hisobida mag‘lub etishdi.

7-8 o‘rinlar uchun kechgan bahsda esa Yakkasaroy tumani jamoasi Olimpiya zaxiralari bolalar va o‘smirlar sport maktabi vakillaridan 13:8 hisobida ustun keldilar.

photo_2022-10-29_22-28-28

Shu tariqa, o‘smirlar jamoalari o‘rtasidagi musobaqaning yakuniy jadvali quyidagicha:

  1. Toshkent shahri
  2. Namangan viloyati
  3. Farg‘ona viloyati
  4. ROSMM
  5. Yunusobod tumanidagi 2-son sport maktabi
  6. Sirdaryo viloyati
  7. Yakkasaroy tumani
  8. Olimpiya zaxiralari bolalar va o‘smirlar sport maktabi
  9. Yakkasaroy tumani 1-son sport maktabi
  10. “Germes”
  11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Qizlar jamoalari o‘rtasidagi musobaqalar aylana tizimda bo‘lib o‘tdi. So‘nggi kun bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda Xorazm viloyati jamoasi Xorazm viloyati sport maktabi jamoasi darvozasiga javobsiz 18 ta gol kiritgan bo‘lsa, Namangan viloyati vakillari “Germes” klubidan 14:5 hisobida ustun kelishdi.

Shu tariqa, qizlar jamoalari o‘rtasidagi musobaqada ham Toshkent shahri vaterpolchilari shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishdi. Namangan viloyati vakillari kumush medalga sazovor bo‘lishgan bo‘lsa, kuchli uchlikka Xorazm viloyati jamoasi yakun yasadi.

photo_2022-10-29_22-28-26

Yakuniy jadval quyidagi:

  1. Toshkent shahri
  2. Namangan viloyati
  3. Xorazm viloyati
  4. Xorazm viloyati sport maktabi
  5. “Germes”

Musobaqalar so‘nggida barcha g‘olib va sovrindorlar, shuningdek, turli nominatsiyalar bo‘yicha eng yaxshi deb topilgan vaterpolchilar O‘zbekiston suzish federatsiyasi tomonidan taʼsis etilgan medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Creative Commons Attribution 4.0 International
Сайтдаги барча материаллардан қуйидаги лицензия бўйича фойдаланиш мумкин: Creative Commons Attribution 4.0 International.
Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена