Home/Yangiliklar/Suv polosi. O‘zbekiston chempionatida navbatdagi tur o‘yinlari o‘tkazildi

Suv polosi. O‘zbekiston chempionatida navbatdagi tur o‘yinlari o‘tkazildi

← Oldingi Keyingi →
35

Xabaringiz bor, shu kunlarda poytaxtimizdagi Respublika oliy sport mahorati maktabining suzish havzasida suv polosi bo‘yicha 2008-2009 yillarda tavallud topgan o‘smir-qizlar o‘rtasida mamlakat chempionati o‘tkazilmoqda.

IMG_2816IMG_2845 IMG_2862IMG_2846

Bugun kunning birinchi yarmida musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston suzish federatsiyasining Bosh kotibi Alisher Ganiyev so‘zga chiqib, mamlakatimizda suv sporti turlari, xususan, suv polosini yana-da rivojlantirish yo‘lida ko‘plab saʼy-harakatlar amalga oshirilayotganligi, buning natijasida yurtimizda raqobatbardosh jamoalar safi kengayib borayotganligini mamnuniyat bilan taʼkidlab, barcha qatnashchilarga bo‘lajak bellashuvlarda omad va zafarlar tiladi.

Davlatimiz madhiyasi sadolari ostida muzaffar bayrog‘imiz sarbaland ko‘tarilgach, ikkinchi kungi bahslar boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, bu yilgi chempionatda Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, shuningdek, Xorazm, Namangan, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlaridan kelgan jami 16 ta jamoa (11 ta erkaklar va 5 ta ayollar) sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishmoqda.

Quyida ikkinchi kuni qayd etilgan natijalar berilgan:

Qizlar jamoalari

  • Germes – Toshkent sh. 0-0
  • Xorazm vil. – Namangan vil.   7-14

O‘smirlar jamoalari

  • ROSMM – Germes    20-7
  • Yakkasaroy tumani 1-son sport maktabi – Farg‘ona vil.    6-17
  • Toshkent sh. – Yunusobod tumani 2-son sport maktabi    29-4
  • Sirdaryo vil. – Qoraqalpog‘iston Respublikasi    5-0
  • OZIBO‘SM –  Yakkasaroy tumani 1-son sport maktabi   14-6
  • ROSMM – Namangan vil.     4-37
  • Germes – Farg‘ona vil.    20-2
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – Yakkasaroy tumani 1-son sport maktabi   0-5
  • Sirdaryo vil. – Toshkent sh.    3-31
  • Yunusobod tumani 2-son sport maktabi  – OZIBO‘SM    17-5

027A5433 027A5400027A5411 

Creative Commons Attribution 4.0 International
Сайтдаги барча материаллардан қуйидаги лицензия бўйича фойдаланиш мумкин: Creative Commons Attribution 4.0 International.
Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена