Home/Yangiliklar/Suv polosi. O‘zbekiston terma jamoasi yana bir musobaqada ishtirok etdi

Suv polosi. O‘zbekiston terma jamoasi yana bir musobaqada ishtirok etdi

← Oldingi Keyingi →
37

vWOAXh__Cf0

Suv polosi bo‘yicha mamlakatimiz ayollar terma jamoasi 14-18 fevral kunlari Kirishi shahrida bo‘lib o‘tgan Rossiya ochiq chempionatining 5-tur o‘yinlarida qatnashdi.

Mazkur musobaqada yurtimiz vaterpolchilaridan tashqari Rossiyaning “Uralochka”, “Kinef-2”, “Shturm-2002”, “Diana” hamda Qozog‘istonning “Aysha-Bibi” jamoalari bahs yuritishdi.

“Ayni paytda joriy yil Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkaziladigan yozgi Osiyo o‘yinlariga so‘nggi tayyorgarlik bosqichini olib boryapmiz. Rossiya ochiq chempionatidagi ishtirokimiz orqali terma jamoaga nomzodlarni yana bir bor nazoratdan o‘tkazdik.  Bundan tashqari bu kabi musobaqalar vaterpolchilarimizning o‘yin amaliyotini oshirishga ham xizmat qiladi”, - deydi suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Akbar Sodiqov.

Maʼlumot uchun. Terma jamoamizning Rossiya ochiq chempionatida qayd etgan natijalari haqida O‘zbekiston suzish federatsiyasining rasmiy sayti orqali bilib olishingiz mumkin.

Creative Commons Attribution 4.0 International
Сайтдаги барча материаллардан қуйидаги лицензия бўйича фойдаланиш мумкин: Creative Commons Attribution 4.0 International.
Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена