Joriy yilning 1-8 avgust kunlari Belgrad shahrida suv polosi bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida jahon chempionati bahslari o‘tkaziladi. Bugun terma jamoamiz aʼzolari mundialda ishtirok etish uchun Serbiya poytaxtiga yo‘l olishdi.
Mazkur dunyo birinchiligida O‘zbekiston, Italiya, Turkiya, AQSH, Vengriya, Gretsiya, Yaponiya, Avstraliya, JAR, Kanada, Niderlandiya, Ispaniya, Serbiya, Xorvatiya, Qozog‘iston va Yangi Zelandiya terma jamoalari sovrinli o‘rinlar uchun bahs yuritishadi.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi “V” guruhida AQSH, Yaponiya va Gretsiya terma jamoalari bilan o‘rin egallagan. Dastlabki turda vakillarimiz AQSH yoshlar terma jamoasi bilan kuch sinashadilar.
Quyida 1-turda o‘zaro bahs yuritadigan jamoalari berilgan:
Qozog‘iston – Italiya
Turkiya – Vengriya
Yaponiya – Gretsiya
O‘zbekiston – AQSH
Kanada – Avstraliya
JAR – Niderlandiya
Xorvatiya – Ispaniya
Hamyurtlarimizga bo‘lajak jahon chempionatida omad va zafarlar tilab qolamiz