Joriy yilning 22-27 mart kunlari Singapurda suv polosi bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkaziladi.
Mazkur qitʼa chempionati bir vaqtning o‘zida Osiyoning eng kuchli terma jamoalarini aniqlab berishi bilan birga, shu yilning 1-7 may kunlari Berlin shahri (Germaniya)da tashkil etiladigan jahon chempionatiga saralash bosqichi vazifasini ham o‘tab beradi.
Singapurda o‘tadigan Osiyo chempionatida O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari ishtirok etishadi.
Erkaklar o‘rtasidagi musobaqalar “A” va “B” guruhida o‘tkaziladi. O‘zbekiston terma jamoasi “A” guruhida Singapur, Tailand va Xitoy terma jamoalari bilan birga joy olgan. “B” guruhida esa Qozog‘iston, Gonkong, Eron va Filippin terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadilar.
Ayollar terma jamoalari o‘rtasidagi musobaqalar aylanma tizimda tashkil etiladi. Unda O‘zbekiston, Singapur, Qozog‘iston va Tailand terma jamoalari bahs yuritishadi.
Quyida musobaqa taqvimi berilgan:
Ayollar
22 mart 2023
23 mart 2023
24 mart 2023
25 mart 2023
26 mart 2023
27 mart 2023
Erkaklar
22 mart 2023
23 mart 2023
24 mart 2023
25 mart – Pley-off
26 mart – Yarim final
27 mart – Final