Home/Yangiliklar/Suv polosi. Sovrinli o‘rinlar uchun kurashadigan jamoalar aniqlandi

Suv polosi. Sovrinli o‘rinlar uchun kurashadigan jamoalar aniqlandi

← Oldingi Keyingi →
46

Maʼlumki, shu kunlarda poytaxtimizdagi suv sporti turlariga qarashli Respublika oliy sport mahorati maktabi (ROSMM)ning suzish havzasida suv polosi bo‘yicha 2008-2009 yillarda tavallud topgan o‘smir-qizlar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bahslari o‘tkazilmoqda.

Bugun musobaqalarning to‘rtinchi kuni o‘smirlar jamoalari o‘rtasida yarim final bahslari hamda 5-10 o‘rinlar uchun o‘yinlar o‘tkazildi.

Yarim finalning dastlabki uchrashuvida Toshkent shahri hamda ROSMM jamoalari o‘zaro kuch sinashdilar. O‘yinda sezilarli ustunlikka ega bo‘lgan poytaxtlik vaterpolchilar raqib darvozasiga 32 ta gol kiritib, o‘z darvozalari to‘ridan bitta to‘p olib chiqishdi.

Ikkinchi yarim finalda Namangan hamda Farg‘ona viloyatlari jamoalari o‘zaro bahs yuritishdi. Namanganlik vaterpolchilarning ustunligida kechgan o‘yin 35:2 hisobida yakun topdi.

Shunday qilib 29 oktyabr kuni o‘tkaziladigan final uchrashuvida Toshkent shahri va Namangan viloyati jamoalari oltin medallar uchun kurash olib borishadi. Bronza medali uchun kechadigan bahsda ROSMM va Farg‘ona viloyati jamoalari o‘zaro kuch sinashadilar.

Bugun, shuningdek, o‘smirlar jamoalari o‘rtasida 5-8 o‘rinlar uchun dastlabki uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Murosasiz kurashlar ostida kechgan o‘yinlarning yakunlariga ko‘ra Yunusobod tumani 2-son sport maktabi jamoasi Olimpiya zaxiralari bolalar va o‘smirlar sport maktabi vakillarini 18:3 hisobida yengishgan bo‘lsa, sirdaryolik vaterpolchilar Yakkasaroy tumani jamoasidan 24:9 hisobida ustun kelishdi.

Shu tariqa, 5-6 o‘rinlar uchun Sirdaryo viloyati hamda Yunusobod tumani 2-son sport maktabi jamoasi o‘zaro bahs yuritishadi. 7-8 o‘rinlar uchun kechadigan uchrashuvda esa Yakkasaroy tumani hamda Olimpiya zaxiralri bolalar va o‘smirlar sport maktabi jamoalari kuch sinashadilar.

9-10 o‘rinlar uchun bo‘lib o‘tgan o‘yinda Yakkasaroy tumani 1-son sport maktabi jamoasi “Germes” klubi bilan kuch sinashdi. Qarama-qarshi hujumlar ostida kechgan bahs 10:7 hisobida Yakkasaroy tumani 1-son sport maktabi jamoasi g‘alabasi bilan yakun topdi.  

Qizlar jamoalari o‘rtasidagi musobaqalar aylana tizimda o‘tkazilmoqda. Bugun Toshkent shahri jamoasi Xorazm viloyati vakillarini 15:1 hisobida, namanganlik vaterpolchilar esa Xorazm viloyati sport maktabi jamoasini 17:5 hisobida yengishdi.

O‘zbekiston chempionatining so‘nggi kuni Xorazm viloyati sport maktabi jamoasi Xorazm viloyati vakillariga qarshi bahs yuritsa, ikkinchi uchrashuvda Namangan viloyati va “Germes” jamoaslari ro‘baro kelishadi.

Creative Commons Attribution 4.0 International
Сайтдаги барча материаллардан қуйидаги лицензия бўйича фойдаланиш мумкин: Creative Commons Attribution 4.0 International.
Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена