Home/Yangiliklar/Suv polosi. Terma jamoamiz Belgradda ilk mashg‘ulotni o‘tkazdi

Suv polosi. Terma jamoamiz Belgradda ilk mashg‘ulotni o‘tkazdi

← Oldingi Keyingi →
9

010A8234

Xabaringiz bor, joriy yilning 1-8 avgust kunlari Belgrad shahri (Serbiya)da suv polosi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bahslari o‘tkaziladi.

Xotin-qizlar jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladigan mazkur dunyo birinchiligida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ham ishtirok etadi. Bugun Akbar Sodiqov boshchiligidagi terma jamoamiz Belgrad shahriga yetib borib, AQSH terma jamoasiga qarshi kechadigan dastlabki tur o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rdi.

“AQSH terma jamoasi mazkur jahon chempionatida yetakchilardan biri hisoblanadi. Ular mana bir necha yildirki xalqaro miqyosdagi musobaqalarda yuqori natijalarga erishib kelishyapti. Tabiiyki, amerikalik vaterpolchilarga qarshi o‘yin oson kechmaydi. Ammo biz ham mundialga yetarli darajada hozirlik ko‘rdik va bo‘lajak o‘yindan ijobiy natija kutyapmiz” – deydi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Akbar Sodiqov.

Maʼlumot uchun. O‘zbekiston – AQSH terma jamoalari uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadi.

 

Creative Commons Attribution 4.0 International
Сайтдаги барча материаллардан қуйидаги лицензия бўйича фойдаланиш мумкин: Creative Commons Attribution 4.0 International.
Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена