Home/Yangiliklar/Suv polosi. Yoshlar terma jamoamiz jahon chempionatiga yo‘l oldi

Suv polosi. Yoshlar terma jamoamiz jahon chempionatiga yo‘l oldi

← Oldingi Keyingi →
20

027A8566

Joriy yilning 11-19 avgust kunlari Serbiya poytaxti Belgrad shahrida suv polosi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bahslari o‘tkaziladi.

Xabaringiz bor, yaqinda Belgrad shahri ayollar jamoalari o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilgan edi. Endilikda bu yerda erkaklar terma jamoalari o‘rtasida dunyo birinchiligi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur jahon chempionatida Serbiya, O‘zbekiston, AQSH, Qozog‘iston, Xorvatiya, Vengriya, Quvayt, Gretsiya, Braziliya, Niderlandiya, Avstraliya, Turkiya, Yangi Zelandiya, Italiya, Ispaniya, Kanada, Chernogoriya va Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoalari sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishadi.

O‘zbekiston terma jamoasi “A” guruhida Qozog‘iston, Xorvatiya, Vengriya va Quvayt terma jamoalari bilan birga o‘rin egallagan. Hamyurtlarimiz 11 avgust kuni o‘tkaziladigan birinchi tur uchrashuvida quvaytlik vaterpolchilarga qarshi bahs yuritishadi.

Quyida guruh bosqichining birinchi turida o‘zaro kuch sinashadigan jamoalar berilgan.

“A” guruhi

12:00 Qozog‘iston – Xorvatiya

21:30 O‘zbekiston – Quvayt

“B” guruhi

13:30 Braziliya – Avstraliya

15:00 Niderlandiya – Turkiya

“C” guruhi

16:30 Yangi Zelandiya – Italiya

23:30 AQSH – Serbiya

“D” guruhi

18:30 Kanada – Ispaniya

20:00 JAR – Chernogoriya

 *O‘yinlarning boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan

Creative Commons Attribution 4.0 International
Сайтдаги барча материаллардан қуйидаги лицензия бўйича фойдаланиш мумкин: Creative Commons Attribution 4.0 International.
Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена