Home/Yangiliklar/Suvga sakrash. Hamyurtlarimiz xalqaro turnirda ishtirok etdilar

Suvga sakrash. Hamyurtlarimiz xalqaro turnirda ishtirok etdilar

← Oldingi Keyingi →
32

photo_2023-03-04_20-50-53

Joriy yilning 10-12 mart kunlari Rossiyaning Saratov shahrida suvga sakrash bo‘yicha YevroOsiyo kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi.

Ikkinchi bor tashkil etilgan mazkur nufuzli musobaqada mezbon sportchilar bilan birga O‘zbekiston, Armaniston, Belarus, Venesuela, Eron, Kuba va Ekvador kabi davlatlarning sportchilari sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishdi.

Mazkur musobaqada Vatanimiz sharafini Vadim Isxakov, Isfandiyor G‘ofurov va Milana Popova 3 metrlik tramplinlardan sakrash bo‘yicha yakkalik bahslarda, Kamron Xojimatov va Davron Botirovlar esa juftliklar musobaqasida himoya qilishdi.

Garchi yurtdoshlarimiz mazkur musobaqada sovrindorlar safidan o‘rin egallashmagan bo‘lsalarda, o‘z mahoratlarini yana-da toblab olishdi.

Endi sportchilarimiz navbatdagi musobaqalarga tayyorgarlikni boshlaydilar.

Creative Commons Attribution 4.0 International
Сайтдаги барча материаллардан қуйидаги лицензия бўйича фойдаланиш мумкин: Creative Commons Attribution 4.0 International.
Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена