Home/Yangiliklar/Suvga sakrash. O‘zaro hamkorlik borasida memorandum imzolandi

Suvga sakrash. O‘zaro hamkorlik borasida memorandum imzolandi

← Oldingi Keyingi →
28

Xabaringiz bor, shu kunlarda suvga sakrash bo‘yicha Rossiya terma jamoasi o‘zining navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Toshkentda olib boryapti.

Maʼlumki, sportning suvga sakrash turida Rossiya terma jamoasi dunyoning yetakchilaridan biri hisoblanadi.  Poytaxtimizdagi “Saxovat sport servis” suzish havzasida tashkil etilgan ushbu yig‘inda ham Olimpiya o‘yinlari, jahon va Yevropa chempionatlarining g‘olib va sovrindorlari o‘z mahoratlarini toblashmoqda.

027A3697 027A3704 027A3765 027A3726

Bugun Rossiya suzish federatsiyasi vitse-prezidenti va terma jamoa bosh murabbiyi Svetlana Moiseyeva boshchiligidagi bir guruh mutaxassislar O‘zbekiston suzish federatsiyasiga tashrif buyurib, federatsiya vitse-prezidenti Shuhrat Sattorov hamda Bosh kotib Alisher Ganiyev bilan muzokara olib borishdi.

027A3757027A3736

Suhbat chog‘ida o‘zaro hamkorlik rishtalarini yangi bosqichga olib chiqish, birgalikda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini, sportchilar, murabbiylar va hakamlar uchun turli darajadagi seminarlar, mahorat saboqlarini tashkil etish bilan bog‘liq qator masalalar yuzasidan kelishuvga erishildi. Uchrashuv so‘ngida o‘zaro hamkorlik borasida memarandum imzolandi.

027A3755 027A3778

Maʼlumot uchun. Kuni-kecha suvga sakrash bo‘yicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Svetlana Moiseyeva va bir guruh nomdor sportchilar ishtirokida mamlakatimizning yosh sportchilari uchun mahorat saboqlari tashkil etildi. Iqtidorli sportchilarimizning mahoratini yana-da oshirishga xizmat qiladigan bu kabi tadbirlar kelgusida ham muntazam ravishda tashkil etib boriladi.

Creative Commons Attribution 4.0 International
Сайтдаги барча материаллардан қуйидаги лицензия бўйича фойдаланиш мумкин: Creative Commons Attribution 4.0 International.
Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена