Home/Yangiliklar/Suvga sakrash. Tayyorgarlik qizg‘in olib borilmoqda

Suvga sakrash. Tayyorgarlik qizg‘in olib borilmoqda

← Oldingi Keyingi →
13

photo_2022-11-28_23-45-12

2023 yili mamlakatimiz sportchilari oldida turgan eng yirik sport anjumanlaridan biri – bu Xitoyning Xanchjou shahri mezbonlik qiladigan yozgi Osiyo o‘yinlaridir. Ayni kunlarda suvga sakrash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari ham mazkur qitʼa o‘yinlariga qizg‘in hozirlik ko‘rishmoqda.

Jumladan, suvga sakrash bo‘yicha mamlakat terma jamoasi aʼzolari ayni kunlarda poytaxtimizdagi “Saxovat sport servis” suzish havzasida bo‘lajak musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

Terma jamoa bosh murabbiyi Bobir Hasanov boshchiligida tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarda tajribali sportchilar bilan birga, yosh iqtidor egalari ham shug‘ullanib kelishmoqda.

“Bu yilgi mavsumda biz uchun eng yirik sport musobaqasi Xanchjou shahrida o‘tkaziladigan Osiyo o‘yinlari bo‘ladi. Ushbu nufuzli sport anjumaniga tayyorgarlikni ancha oldindan boshlab yuborganmiz. Bu uchun bizga barcha zarur sharoitlar yaratib berilgan. Qitʼa o‘yinlariga qadar biz bir qator xalqaro va Respublika miqyosidagi musobaqalarda qatnashamiz. Bundan tashqari Yaponiyaning Fukuoki shahrida o‘tkaziladigan suv sporti turlari bo‘yicha jahon chempionatida ham munosib ishtirok etishni maqsad qilganmiz. Mazkur musobaqalar Osiyo o‘yinlari oldidan o‘ziga xos tayyorgarlik bosqichi vazifasini ham o‘tab beradi”, - deydi O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Sevara Miryakubova.

Maʼlumki, suvga sakrash bo‘yicha terma jamoamiz aʼzolari o‘tgan 2022 yilda qator xalqaro musobaqalarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishdi.

Jumladan, ular orasida eng nufuzlilaridan hisoblangan YevroOsiyo kubogi musobaqasida 1 ta kumush va 2 ta bronza medali qo‘lga kiritildi. Umid qilamizki, sportchilarimiz joriy mavsumda ham zafarli odimlarini davom etishadi.

Creative Commons Attribution 4.0 International
Сайтдаги барча материаллардан қуйидаги лицензия бўйича фойдаланиш мумкин: Creative Commons Attribution 4.0 International.
Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена