Home/Yangiliklar/Suzish. Estafeta bahslarida kumush medal qo‘lga kiritildi

Suzish. Estafeta bahslarida kumush medal qo‘lga kiritildi

← Oldingi Keyingi →
17

photo_2022-08-13_22-52-05

Turkiyaning Konya shahrida o‘tkazilayotgan Islom birdamlik o‘yinlarida delegatsiyamiz xazinasi medallar bilan boyishda davom etmoqda. Bu safar suzish bo‘yicha estafeta bahslarida kumush medal qo‘lga kiritildi.
 
4x100 metr masofaga erkin usulda suzish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musobaqaning final bahslarida startga chiqqan hamyurtlarimiz Eldorbek Usmonov, Aleksey Tarasenko, Oybek Xo‘jayev va Xurshidjon Tursunovlardan iborat kvarted belgilangan masofani 3:22.25 soniyada suzib o‘tib, marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldilar.
 
Eslatib o‘tamiz, biroz avval Еgor Petryakov 400 metr masofaga erkin usulda suzishda bronza medali bilan taqdirlangan edi. Hamyurtlarimizga bo‘lajak musobaqalarda ham omad va zafarlar tilab qolamiz.

Creative Commons Attribution 4.0 International
Сайтдаги барча материаллардан қуйидаги лицензия бўйича фойдаланиш мумкин: Creative Commons Attribution 4.0 International.
Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена