Home/Yangiliklar/Suzish. Islom birdamlik o‘yinlarida navbatdagi medallar qo‘lga kiritildi

Suzish. Islom birdamlik o‘yinlarida navbatdagi medallar qo‘lga kiritildi

← Oldingi Keyingi →
59

photo_2022-08-12_23-45-08

Turkiyaning Konya shahrida o‘tkazilayotgan Islom birdamlik o‘yinlarida suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari ham delegatsiyamiz hisobiga medallarni keltirishda davom etishyapti.

Eʼtiborlisi, sportchilarimiz har kungi musobaqalarda sovrindorlar safidan o‘rin egallashmoqda.

Jumladan, bugun 50 metr masofaga erkin usulda suzish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqada bir yo‘la ikki nafar hamyurtimiz sovrindor bo‘lishdi.

Xurshidjon Tursunov belgilangan masofani 22.51 soniyada suzib o‘tib kumush medal sohibi bo‘lish bilan birga, O‘zbekiston rekordini ham yangilagan bo‘lsa, 22.72 soniya natija qayd etgan yana bir yurtdoshimiz Aleksey Tarasenko esa bronza medali bilan taqdirlandi.

400 metr masofaga kompleks suzish musobaqasida startga chiqqan terma jamoamiz aʼzosi Yegor Petryakov 4:27.15 soniya natija qayd etib, 3-o‘rinni egalladi. Bu Yegorning mazkur musobaqada qo‘lga kiritgan ikkinchi bronza medalidir.

Bugun yigitlarimiz, shuningdek, esatafeta bahslarida ham sovrindor bo‘ldilar. 4x200 metr masofaga erkin usulda suzish bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada Aleksey Tarasenko, Olimjon Odilov, Yegor Petryakov va Xurshidjon Tursunovdan iborat kvartet 7:30.57 soniya natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritishdi.

Shu tariqa, V Islom birdamlik o‘yinlarida bugungi kunga qadar bo‘lib o‘tgan musobaqalar yakunlariga ko‘ra suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari 4 ta kumush va 5 ta bronza jami 9 ta medalni delegatsiyamiz hisobiga qo‘shib qo‘yishdi.

Hamyurtlarimizga ertangi bahslarda ham omad va zafarlar tilab qolamiz.

Creative Commons Attribution 4.0 International
Сайтдаги барча материаллардан қуйидаги лицензия бўйича фойдаланиш мумкин: Creative Commons Attribution 4.0 International.
Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена