Xalqaro suzish federatsiyasidan xushxabar keldi. Unda maʼlum qilinishicha, joriy yilning 17-22 aprel kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan O‘zbekiston ochiq chempionati bir vaqtning o‘zida bo‘lajak jahon chempionatiga saralash bosqichi vazifasini ham o‘tab beradi.
Mazkur musobaqada sportchilar ikkita (2006-2007 yy, 2005 va undan katta) yosh guruhiga bo‘lingan holda bahslarga kirishadilar. O‘zbekiston ochiq chempionatida “A” normativini bajargan sportchilar suv sporti turlari bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etish xuquqini qo‘lga kiritishadi.
Maʼlumot uchun. Joriy yilgi suv sporti turlari bo‘yicha jahon chempionati bahslari 14-30 iyul kunlari Fukuoke shahri (Yaponiya)da o‘tkaziladi.
Quyida, “A” va “B” normativlarining vaqtlari berilgan.