Home/Yangiliklar/Suzish. Jizzaxda ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi

Suzish. Jizzaxda ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi

← Oldingi Keyingi →
9

Maʼlumki, O‘zbekiston suzish federatsiyasi tomonidan mamlakatimizda suzish sport turini yana-da ommalashtirish hamda sportchilar, murabbiylar va hakamlar mahoratini oshirish maqsadida Respublikamiz bo‘ylab ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etib kelinmoqda.

photo_2022-10-21_10-52-43

Mana shunday seminarlarning navbatdagisi Jizzax shahrida tashkil etildi. O‘zbekiston suzish federatsiyasi qoshida tashkil etilgan ilmiy guruh mutasaddilari tomonidan olib borilgan seminarda viloyatning yetakchi sportchilari, murabbiylar va hakamlar o‘z bilim va malakalarini oshirishdi.

photo_2022-10-21_10-52-50

Mutaxassislar, shuningdek, seminar davomida murabbiylarni yangi yaratilgan “E-coach” dasturi bilan ham tanishtirishdi. Mazkur dastur Xalqaro suzish federatsiyasining eksperti Genadius Sokolovas tomonidan ishlab chiqilgan. Xabaringiz bor, amerikalik ushbu mutaxassis O‘zbekiston suzish federatsiyasi bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

photo_2022-10-21_18-46-44

“Ilmiy-amaliy seminar davomida olingan bilim va ko‘nikmalar Jizzax viloyatida suzish sport turini yana-da ommalashishi hamda rivojlanishiga xizmat qiladi. Murabbiy va hakamlar bu yerda olgan bilimlarini o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan suzish havzalariga borib, shogirdlariga o‘rgatishadi” – deydi ilmiy-amaliy guruh rahbari Sherzod Inagamov.

photo_2022-10-21_18-46-33

Tadbir doirasida hakamlar uchun ham alohida seminar tashkil etildi.

Creative Commons Attribution 4.0 International
Сайтдаги барча материаллардан қуйидаги лицензия бўйича фойдаланиш мумкин: Creative Commons Attribution 4.0 International.
Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена