Home/Yangiliklar/Suzish. O‘zbekiston kubogiga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda

Suzish. O‘zbekiston kubogiga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda

← Oldingi Keyingi →
61

027A4520

Joriy yilning 21-26 noyabr kunlari poytaxtimizdagi Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga qarashli basseynda suzish bo‘yicha mamlakat kubogi bahslari o‘tkaziladi.

Maʼlumki, O‘zbekiston kubogi bahslari Respublika miqyosida tashkil etiladigan eng nufuzli musobaqalardan biri hisoblanadi va tabiiyki har bir yo‘nalishda sovrinli o‘rinlar uchun kurash o‘ta murosasiz ruxda kechadi. Ayni paytda mamlakatimizning barcha hududlarida sportchi va murabbiylar mazkur nufuzli musobaqaga qizg‘in hozirlik ko‘rishyapti.

027A4528_1

Maʼlumki, bu kabi yirik musobaqalar orqali yangidan-yangi iqtidorlar ham kashf etiladi. Bu esa o‘z navbatida terma jamoalarimizda raqobat muxitini yana-da oshishi va xalqaro maydonlardagi muvaffaqiyatlar salmog‘ini yuksalishiga ham xizmat qiladi.

027A4507

Tobora yakuniga yetib borayotgan 2022 yilgi mavsum suzish bo‘yicha turli yoshdagi terma jamoalarimiz uchun zafarli onlarga boy bo‘ldi.

Fikrimizni yilning ikkita yirik sport anjumanlari misolida davom ettiradigan bo‘lsak, Turkiyaning Konya shahrida bo‘lib o‘tgan “Islom birdamligi sport o‘yinlari”da suzish bo‘yicha terma jamoamiz aʼzolari O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga 2 ta oltin, 5 ta kumush va 5 ta bronza jami 12 ta medallarni qo‘shib qo‘yishgan bo‘lishsa,  Rossiyaning Vladivostok shahri mezbonlik qilgan “Osiyo bolalari” xalqaro sport o‘yinlarida yosh sportchilarimiz delegatsiyamiz xazinasini 1 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan boyitishdi.

Maʼlumki, bu kabi xalqaro musobaqalarga yo‘l ichki chempionatlardan boshlanadi. Umid qilamizki, bu yilgi mamlakat kubogi bahslari ham kuchlilarni aniqlash bilan birga, yangidan-yangi nomlarni kashf etishga ham xizmat qiladi.

Creative Commons Attribution 4.0 International
Сайтдаги барча материаллардан қуйидаги лицензия бўйича фойдаланиш мумкин: Creative Commons Attribution 4.0 International.
Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена