Home/Yangiliklar/Suzish. Sportchilarning tayyorgarligi ilmiy jihatdan o‘rganilmoqda

Suzish. Sportchilarning tayyorgarligi ilmiy jihatdan o‘rganilmoqda

← Oldingi Keyingi →
91

027A0560

O‘zbekiston suzish federatsiyasi hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti bilan tuzilgan anglashuv memarandumiga asosan poytaxtimizdagi Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida ilmiy tadqiqotlar institutining kompleks ilmiy guruh aʼzolari tomonidan suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolarining dastlabki pedogagik tekshiruv nazorati o‘tkazildi.

027A0379

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad 2023 yili Xanchjou (Xitoy)da o‘tkaziladigan Osiyo o‘yinlari hamda 2024 yili Parij shahri (Fransiya) mezbonlik qiladigan Olimpiadaga sportchilarning tayyorgarligini ilmiy nazorat qilish va mashg‘ulotlar metodikasiga ilmiy tomondan yondashib, xato va kamchiliklarini to‘g‘rilash, sportchilarni tanlab olish borasida murabbiylarga zarur maslahatlarni berishdan iboratdir.

027A0336 027A0467

“Bugun biz terma jamoaning ikki nafar aʼzosi (Eldor Usmonov va Ulyana Nazmutdinova) ustida tekshiruvlar o‘tkazdik. Unda sportchilarning mashg‘ulotlardan oldingi va keyingi jismoniy holati, yurak urish chastotasi, jismoniy yuklamalardan keyingi tiklanish darajasi, sportchilarni musobaqa faoliyatida startdan chiqishdagi bajarishi kerak bo‘lgan mashqi, yaʼni sakrayotgan payti oyoqlarning depsinish kuchini massasini hisoblab oldik. Bundan tashqari mashg‘ulotlardan avval va mashg‘ulotlar yakuniga yetgach sportchilardagi yurak urish holatlari har tomonlama ilmiy jihatdan o‘rganib chiqiladi”, - deydi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti tayanch doktoranti Xushnud Atamuratov.

027A0450 027A0578

Terma jamoa aʼzolarining jismoniy va ruhiy holatlarini ilmiy o‘rganish jarayoni o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini yakuniga qadar davom etadi.

 

Creative Commons Attribution 4.0 International
Сайтдаги барча материаллардан қуйидаги лицензия бўйича фойдаланиш мумкин: Creative Commons Attribution 4.0 International.
Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена