Home/Yangiliklar/Suzish. Terma jamoamiz aʼzolari bo‘lajak musobaqalarga hozirlik ko‘rishmoqda

Suzish. Terma jamoamiz aʼzolari bo‘lajak musobaqalarga hozirlik ko‘rishmoqda

← Oldingi Keyingi →
56

027A0297

Shu kunlarda suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari poytaxtimizdagi Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining suzish havzasida bo‘lajak musobaqalarga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Bu galgi yig‘inga terma jamoa murabbiylari mamlakatimizning yetakchi sportchilari bilan birga, bir qator yosh, iqtidor egalarini ham jalb etishgan.

027A0037 

Suzish bo‘yicha terma jamoamiz aʼzolari uchun bu yilgi mavsum musobaqalari O‘zbekiston chempionati bahslari bilan boshlanadi. Shundan so‘ng vakillarimiz yil davomida o‘tadigan qator xalqaro musobaqalarda Vatanimiz sharafini himoya qilishadi.

027A0211 027A0219

“Joriy yil biz suv sporti turlari bo‘yicha jahon chempionatida, shuningdek, yozgi Osiyo o‘yinlari, qitʼa chempionati hamda yopiq inshoatlarda tashkil etiladigan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etamiz. Xabaringiz bor, mashg‘ulotlar amerikalik dunyoga mashxur mutaxassis Genadius Sokolovas tomonidan ishlab chiqilgan maxsus dastur asosida ham o‘tkazilmoqda. O‘zaro hamkorligimiz Respublika hamda xalqaro maydonlarda o‘tadigan musobaqalarda sportchilarimiz tomonidan qayd etilajak natijalarni yana-da yuksalishiga xizmat qiladi deb hisoblayman. Ayni paytda terma jamoa aʼzolari yuqori kayfiyatda bo‘lajak musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rishyapti. Ularga har tomonlama puxta hozirlik ko‘rishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berilgan”, - deydi suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Dmitriy Suskaryov.

027A0106 027A0058

Maʼlumot uchun. Bu galgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 5 martga qadar davom etadi.

Creative Commons Attribution 4.0 International
Сайтдаги барча материаллардан қуйидаги лицензия бўйича фойдаланиш мумкин: Creative Commons Attribution 4.0 International.
Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена