Tarix va yutuqlar
1939 yil O‘zbekistonda Suvda suzish bo‘yicha respublika federatsiyasi tuzildi. O‘tgan asrning 60-yillarida Toshkentda (jismoniy tarbiya instituti qoshida, “Mehnat rezervlari” sport jamiyati huzurida, Armiya sport klubiga qarashli), Navoiy shahrida, boshqa viloyatlarda suvi istiladigan yopiq va ochiq suv havzalari qurilib foydalanishga topshirildi. Respublikada qobiliyatli yosh sportchi suzuvchilar yetishib chiqa boshladi. Olimpiada oʻyinlari, xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan S.Babanina, N.Ustinova, S.Iskandarova, S.Konov, SZabolotnovlar sportning ana shu turida shuhrat qozondilar. Hozir respublikamizning viloyat va tuman markazlarida 200 dan ortiq suv havzalari mavjud. 1992 yilda esa yangi suzish federatsiyasi tashkil topdi, ammo biroz vaqt o’tib federatsiya yana bir bor, boshqatan tashkillashtirildi, va 4 hil suv sport turlari o’z yurisdiktsiyasiga o'tdi. Bular, suzish, suv polosi, sinxron (artistik) suzish va suvga sakrash kabi sport turlarinini o'zida birlashtirdi. Suv sporti bo'yicha malakali va yetuk sportchilarni tayyorlash maqsadida ochilgan mazkur federatsiya xalqaro amaliyotga asoslangan holda tashkil etildi. Masalan, xalqaro suzish federatsiyasi (FINA) ham suzish, suvga sakrash, sinxron suzish, suv polosi, va ochiq suvda suzish kabi sport turlarini birlashtiradi.