Sportchilarimiz Olimpiya o'yinlariga litsenziyalar va keyinchalik sovrinlarni qo'lga kiritish umidida tizimli ravishda tayyorlanishni davom ettirmoqdalar. O'z navbatida, O'zbekiston Suzish Federatsiyasining Bosh kotibi Alisher G'aniev hamda MOQ tezkor shtabi a'zosi Mirsardor Alimov bilan birgalikda sportchilarimiz uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishish maqsadida Navoiy viloyatiga tashrif buyurgan ish safarlarini davom ettirdilar. Safar davomida delegatsiya birinchi navbatda Xurshid Tursunovning onasi bilan uchrashib, uni yaqinda olingan sovg'a - yangi kvartira bilan tabrikladi. Shundan so'ng, Oybek Xo'jayev va Uchquduqda yashovchi Muxammedjon Abdijalilovning uylariga tashriflar amalga oshirildi.
Mirsardor Alimov, sportchilarning ota-onalari bilan suhbatda, sportchining xarakterini o'rganish (xolerik, sangvinik, melankolik, flegmatik), psixologik portretni aniqlash va ularning sportdan tashqarida farovon yashashlari uchun shart-sharoitlarni yaratish kerakligini ta'kidladi. Oilaviy ahvol bilan to'liq tanishish va mahalliy sport vakillari bilan suhbat hal qilinishi kerak bo'lgan vazifalar va muammolarni aniqlanib yordam berish choralari belgilandi va hizmat safari o'znihoyasiga etdi.