Home
/
Tezkor xabarlar
/
Hududiy murabbiylar uchun artistik suzish sport turi boyicha onlayn seminar o‘tkazildi

Hududiy murabbiylar uchun artistik suzish sport turi boyicha onlayn seminar o‘tkazildi

← Oldingi Keyingi →
62
Hududiy murabbiylar uchun artistik suzish sport turi boyicha onlayn seminar o‘tkazildi

 «Sportchilarning mashg‘ulot jarayonida tayyorgarligi» mavzusida viloyat murabbiylari va mutaxassislari uchun onlayn seminar tashkil etildi. Tadbirni pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Krasnova Galina Mansurovna olib bordi. Mutaxassis o‘z nutqida musobaqaga tayyorgarlik jarayoni, sportchilarning tayyorgarligiga taʼsir qiluvchi omillar haqida batafsil aytib berdi. Shuningdek, Galina Mansurovna bu borada bir nechta misollarni keltirib, onlayn seminar ishtirokchilari bilan bilimlari bilan o‘rtoqlashdi. Tadbirda 18 ishtiroqchi qatnashti, hususan Andijon, Samarqand, Qashqadaryo, Navoi, Buxoro va Toshkent murabbiylari

«Murabbiylar mashg‘ulotlar jarayonini doimiy ravishda kuchaytirib, sportchilarning texnik mahoratini oshirishga yordam berishlari kerak. Sportchilar umumiy bazani yaxshi o‘zlashtirishi lozim, chunki har yili sinxron suzish elementlari o‘zgarib, ular murakkablashadi. Ammo umumiy baza bir xil bo‘lib qoladi. Agar sportchi uni yaxshi o‘zlashtirsa va bu borada poydevori mustahkam bo‘lsa, keyingi bosqichlar qiyin bo‘lmaydi. Sportchilarni tayyorlashda psixologik jihatga ham alohida eʼtibor qaratish zarur. Har doim sportchining o‘ziga xos salohiyati borligini doimo yodda tutishimiz kerak », – dedi Galina Krasnova.

Seminar yakunida mutaxassis ishtirokchilarning bugungi mavzuga oid savollariga javob berdi.

Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:
*
Спасибо! Форма отправлена