2020 yil 6-7 Noyabr kunlari Nukus shahri Olimpiya zaxiralari kolledjida joriy yil, 24-29 Noyabr kunlari suzish sport turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi uchun saralash, Qoraqolpogiston kubogi musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqa barcha karantin qoidalariga rioya etilgan holda tashkil qilindi. Mazkur musobaqada Respublikada joylashgan RISSTBO‘SM, NOZK, Oliy sport maxorati maktabi, Beruniy tumani va Muynok tumani BO‘SM jamoalari yosh toifalariga bo‘lindi va o'tkazildi. Ular I yosh toifasi 2001 yildan tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar, II yosh toifasi 2002-2003 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar, III yosh toifasi 2004-2005 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlarni tashkil etdi. Musobaqada jami 55 nafar o‘quvchi-sportchilar ulardan 13 nafar qiz, o‘g‘il bolalardan esa 42 nafar qatnashdi. Musobaqada yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchi-sportchilar keyinchalik O‘zbekiston kubogida qatnashish huquqida ega bo‘lishdi.