Bugun yosh sportchilarga "Ochiq eshiklar kuni"-da O'zbekiston Suzish Federatsiyasi sportchilaridan juda ko'p ijobiy his-tuyg'ular va taassurotlar tuhfa etildi. Suzish bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zolari turli hil mahorat darslarini namoyish etishdi va o'z ichida har bir dasturni mukammal ko'rsatib, elementlarini ko'rsatilar. Suv polosi bo'yicha qizlar milliy terma jamoasi a'zolari esa, o'z chiqishlari bilan tomoshabinlarda iliq va yoqimli taassurot qoldirishdi. O'z navbatida, O'zbekiston suzish federatsiyasi sog'lom turmush tarzini keng joriy etishda va ommaviy sportni yanada rivojlantirishda faol tarzda keng yoritib berish uchun respublika aholisi o'rtasida suv sportiga katta qiziqish uyg'otish ustida ish olib borishni davom etadi.. Quyida o'tgan tadbirning foto-lavhalarini taqdim etamiz:
Axborot va fotosuratlarga bo'lgan barcha huquqlar O'zbekiston Suzish federatsiyasiga tegishli. Ko'paytirish yoki boshqa manbalarda tashqi foydalanish, federatsiya roziligi bilan amalga oshirilishi kerak. Faqat ruxsat va kelishuvdan so'ng mualliflik huquqi manbalarini kiritigan holda foydalanish mumkin.
O'SF jamoatchilik va aloqalar hamda ommaviy axborot vositalari bilan ishlash bo'limi