Bugun , Toshkent vaqti bilan soat 02.45da, Osiyo suzish federatsiyasi Bosh kotibi - janob Taha Al-Kishri boshchiligidagi Osiyo suzish federatsiyasi delegatsiyasi Toshkentga hizmat safari bilan keldi. Tashrif davomida faxriy mehmonlarning Navoiy shahridagi O'zbekiston suzish Federatsiyasi rahbariyati, va undan tashqari Milliy olimpiya qo'mitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbariyati bilan bir qator hizmat doirasidagi uchrashuvlari kutilmoqda.
Shuni ham ta'kidlash joizki, janob Al-Kishri mamlakatimiz hududlariga safari davomida Samarqand viloyati hokimi bilan uchrashib, viloyatda potentsial hamkorlik va suv sport turlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishi kutilmoqda.