Home
/
Tezkor xabarlar
/
O'zbekiston Suzish Federatsiyasi bosh kotibi Samarqanda 2021 yıl rejaları sarxısob qılındı

O'zbekiston Suzish Federatsiyasi bosh kotibi Samarqanda 2021 yıl rejaları sarxısob qılındı

← Oldingi Keyingi →
170
O'zbekiston Suzish Federatsiyasi bosh kotibi Samarqanda 2021 yıl rejaları sarxısob qılındı

O‘zbekiston suzish federatsiyasining 2021 yil chora-tadbirlar rejasiga asosan, 28 yanvar kuni Samarqand viloyati, Samarqand shahridagi Yengil atletika va Sport bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar maktabida, O‘zbekiston suzish Federatsiyasi Samarqand viloyati filialining 2020 yil chora-tadbir bo‘yicha qilingan ishlari, shuningdek, 2021 yil federatsiyaning chora-tadbirlar rejasini  muhokama qilish uchun O‘zbekiston suzish Federatsiyasi bosh kotibi A.Ganiyev,  Samarqand viloyati hokimining investitsiya va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari, O‘zbekiston suzish federatsiyasi Samarqand viloyati filiali raisi - Oybek Erkinovich Xodjayev, Samarqand viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i  Sh.Ro‘ziyev va boshqarma vakillari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni O‘zbekiston suzish Federatsiyasi bosh kotibi olib bordi va oldinda turgan ustuvor vazifalar xususida gapirib o‘tdi.

“O‘zbekiton Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi
“Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va Ommaviy sportni yana-da rivojlantirish to‘g‘risda”gi PF-6099-sonli farmonlari to‘g‘risida hamda Bizdan o‘z ishimizga masʼuliyat va temir intizom bilan yondashish talab qilinadi. Zero, xalqimiz va Prezidentimiz bizdan ulkan g‘alabalar kutmoqda”
, – dedi Alisher Ganiyev.

Shundan so‘ng FPU Samarqand viloyati filiali ijrochi direktori - Chulponov Idlomning 2020 yil davomida bajarilgan ishlar to‘g‘risida hisoboti va muommolari to‘g‘risida, 2021 yilda Samarqand viloyatida suv sport turlarini yana-da rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi bo‘yicha gapirib o‘tildi. Shuningdek, Samarqand viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i  Shuhrat Ro‘ziyev oldinda juda ko‘p ishlar borligini, xususan, yosh avlodni sportga jalb qilish, respublika aholisi o‘rtasida suv sportiga qiziqishni uygotish va  Samarqand viloyatining o‘ziga xos havaskorlarini jalb qilish bo‘yicha o‘z taklifini bildirdi. Yig‘ilish davomida O‘zbekiston suzish federatsiyasi Samarqand viloyati filiali raisi Oybek Xodjayev xam sport sohasi vakillarini xususiy sektor bilan yaqindan ishlashga va ularni natijalari bilan qiziqtirishga chaqirdi.

Bundan tashqari, Viloyatdagi ishlar qoniqarsiz deb topildi va mahalliy vakillarning sharoitlari xamda ishlarini batafsil o‘rganish uchun respublikaning barcha hududlariga ish safari bilan borish, asosiy mavzulardan biri bo‘ldi. Ish safari bo‘yicha fevral oyidagi birinchi manzili Farg‘ona viloyatiga borishi rejalashtirilgan

Shuningdek, kushimcha kilib etib utish keraki, tadbir ishtirokchilarpiga Kolorado Springsdagi Olimpiya tayyorgarlik markaziga suzish bo‘yicha mutaxassis, AQSHning suzish bo‘yicha terma jamoasining yetakchi sportchilari bilan ishlagan doktor Genadiyuus Sokolovasning kelishi masalasi kun tartibiga kiritilgan edi. Doktor Sokolovas ishtirokidagi  Mart oydagi seminar bizning poytaxtimizga ikkinchi tashrifi bo‘lib kelishi kutilmoqda.

 

DSC_6058 DSC_6062 DSC_6063 DSC_6097 DSC_6102 DSC_6104 DSC_6113 DSC_6122 DSC_6137 DSC_6142 DSC_6166 DSC_6172 DSC_6183 DSC_6184 DSC_6200 DSC_6204

Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:
*
Спасибо! Форма отправлена