Joriy yil 30 mart kuni Navoiy shahrida NKMK binosida, O'zbekiston Suzish Federatsiya Raisi Quvondiq Sanakulov bilan Ummon Sultonligi Milliy Olimpiya Qomitasi hamda Osiyo Suzish Federatsiyasi Bosh kotibi Taha Al Kishri rahbarligidagi Osiyo Suzish Federatsiyasi ishchi guruhining uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda yaqin istiqbolda respublikamizda suv sportini yanada rivojilantirish, keng ommalashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yo'lida izchil say-harakatlar olib borishga kelishib olindi.
Undan tashqari uchrashuv davomida samimiy kelishuvlarga erishildi, hususan Samarqand kanalida ochiq havzalarda suzish turini rivojilantirish, hamda havaskorlar o'rtasida qiziqishni oshirish deb maqsad qilindi. Osiyo Suzish Federatsiyasi Bosh kotibi, O'zbekiston Suzish Federatsiyasi Raisiga mehmondorchilik uchun minnatdorchilikni isxor etib, Muskatga, Osiyo Suzish Federatsiyasi shtab-kvartirasiga taklif qildi.
Tashrif davomida mehmonlar Navoiy kon-metallurgiya kombinati tarix muzeyi bilan tanishdilar.