Qoraqalpog'iston Respublikasiga, Nukus va Mo'ynoq shaharlariga ish safari natijasida qoraqalpog'istonlik yoshlar shug'illanadigan sport inshootlari ko'zdan kechirildi. Ishchi delegatsiya tarkibiga O'zbekiston Suzish federatsiyasi sport bo'limi boshlig'i Oripjonov Dilshod, shuningdek, O'zbekiston MOQ tezkor shtab a'zosi Alimov Mirsardor kirishdi.
Qoraqalpog'iston poytaxtiga kelganidan so'ng ishchi delegatsiya oilaviy hayotdagi vaziyatni, shuningdek sportchining oilasidagi turmush tarzini bilish maqsadida suzish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi terma jamoasi a'zosi Adilbek Yusupbaevning uyiga tashrif buyurildi. Sportchimizning oilasi hech qanday qiyinchiliklarga duch kelmayptimi, O'zbekiston Suzish Federatsiyasi sport bo'limi boshlig'i Oripjonov Dilshod sportchining oilasi bilan suhbatlashib, hozirda o'quv-mashg'ulot yig'inida bo'lgan va yaqinlashib kelayotgan aprel oyidagi musobaqaga tayyorgarlik ko'rayotgan sportchimizning mashaqqatli mehnatini baholab, shuningdek, agar kerak bo'lsa, O'zbekiston Suzish Federatsiyasi sportchining oilasiga yordam va komak ko'rsatishga tayyorligini bildirdi.
Safarning samarali dasturiga, shuningdek, Mo'ynoqdagi sport maktabining suzish havzalari (25x12) va Nukus shahridagi sport maktablari (25x12) kirdi. Safar yakunida ishchi guruh Adilbek Yusupbayev tahsil olayotgan universitetga tashrif buyurib, rektor va sportchining kuratoridan sportchining akademik yutuqlari haqida qiziqib ketdi.