Suzish bo'yicha O'zbekiston chempionatining ikkinchi kunida quyidagi suzish masofalari o'tkazildi: 50 m brass usuli (erkaklar / ayollar), 50 m batterflay (erkaklar / ayollar), 200 m erkin usuli (erkaklar / ayollar), 200 m chalqancha (erkaklar / ayollar), estafeta 4x100 m aralash (erkaklar/ayollar).
Yakuniy suzishlar yakunlangach, taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi, suzish bo'yicha chempionatning birinchi kunidagi g'oliblar taqdirlandi.