Seminarning ikkinchi kuni ancha faol tarzda o'tdi. Dam olish kunlari tugagandan so'ng tinglovchilar soni oshti. Doktor Sokolovas tomonidan tuzilgan rejaga ko'ra, ertalab "Elit suzuvchilarni brass usul va chalqancha usularida mashq qilish" va "Yuqori darajadagi suzuvchilar uchun kuch mashqlari (og'irliklarni ko'tarish)" kabi mavzular nazariy jihatdan organildi. Peshindan keyingi sessiyada amaliy sinovlar va chalqancha suzish kuchini tahlil qilish, shuningdek Doktor Sokolovas tomonidan ixtiro qilingan texnik uskuna yordamida suzuvchilarning xatolarini batafsil ko'rib chiqish muhokama qilindi.
Shunisi e'tiborga loyiqki, ushbu seminarda MOQ-ning tezkor shtabi a'zosi va suv sporti kuratori Mirsardor Alimov ishtirok etdi, u ilgari basseyn qurilishida Respublika olimpiya zahiralari kollejida direktor sifatida bevosita qatnashgan (2020 yil sentyabrgacha Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati deb nomlangan). Mirsardor Soatovich Doktor Genadiyus bilan suhbatlashib, so'nggi ishlanmalari bilan tanishib, suzish bo'yicha so'nggi yutuqlar va yangiliklarni qayd etib, fidokorona ishi uchun minnatdorchilik bildirdi.