Osiyo Suzish Federatsiyasi Bosh kotibi, janob Taha Al-Kishri Samarqandga ish safari davomida Samarqand viloyati hokimining o'rinbosari - Xo'jayev Oybek Erkinovich bilan uchrashuv o'tkazdi, ayni paytida viloyatda suv sporti turlari bo'yicha kurator hisoblanadi.
Uchrashuvlarning protokollariga ko'ra, bir-birlari bilan korishib, tomonlar Samarqand viloyatining suv sportini rivojlantirishdagi salohiyatini muhokama qilishti, shuningdek, mahalliy aholi orasida suv sportiga qiziqtirishni yanada oshirish, havaskorlar orasida yanada ommalashtirish ishlarini oborilishiga kelishildi. Oybek Erkinovich mehmonlarni mavjud suzish havzalari, hamda nafaqat baydarka va kanoeda eshkak eshish, balki ochiq suv havzalarida suzish bilan shug'ullanish uchun kengayib borayotgan Samarqand kanali bilan tanishtirdi.
Osiyo Suzish Federatsiyasining bosh kotibi mavjud bolgan rivojlanish salohiyati va suv sportini ommalashtirish imkoniyatini yuqori baholadi, ochiq suvda suzishga ko'proq odamlarni jalb qilishga yordam beradigan yangi loyihani taklif qildi. Uchrashuv yakunida tomonlar bir-birlariga minnatdorchilik isxor etib, hamkorlikni davom ettirishga, xususan, ochiq suvda suzishni rivojlantirishga, viloyatimizda ushbu sport turi markaziga aylantirishga kelishib oldilar. O'z navbatida janob Taha Al-Kishri mamlakatimizdagi yirik musobaqalarni rejalashtirish va tashkil etishda O'zbekiston Suzish Federatsiyasini qo'llab-quvvatlashga va'da berdi.
Kunning ikkinchi yarmida delegatsiya qurilish ishlari olib borilayotgan va uning atrofidagi infratuzilma kengayib borayotgan ochiq kanalga tashrif buyurdi. O'quv safari kanal qirg'og'i bo'ylab mehmonxonalar va binolarni foydalanishga topshirishning taxminiy sanalarini aniqlashga yordam berdi. Shu bilan, delegatsiya tashrifi yakunlandi.