Sodiqov Akbar G'ayratovich boshchiligidagi suv polosi bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi o'quv-mashg'ulot yig'inlarini Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanida joylashgan "Quyoshlik" sport lagerida o'tkazmoqdalar. Ushbu yig"in sportchilarga umumiy jismoniy tayyorgarligi va reabilitatsiya protseduralari orqali uzoq karantin va uydagi mashg'ulotlardan so'ng formalarini tiklashga yordam berishi kerak. O'quv-mashg'ulot yig'ini 21 avgustda boshlangan va 1 sentyabr kuni yakunlanishi kerak. O'MY ikki hil formatda o'tkazilmoqda. U erda ertalab qizlar jismoniy tarbiya bilan shug'ullanishadi, kechqurun esa gandbol, volleybol va futbol kabi jamoaviy o'yinlar orqali o'zlarining jamoaviy mahoratini va ruhiyatini oshiradilar.