Avgust oyidagi yozgi o'quv-mashg'ulot yig'inidan so'ng, 6-oktabr kuni suv polosi bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi sportchilari ushbu oyning 29-kunigacha davom etadigan rejalashtirilgan o'quv-mashg'ulot yig'inlarini boshlashdi. O'quv-mashg'ulot yig'inini bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi Akbar Sodiqov va bosh murabbiy yordamchisi Diana Shamsutdinova olib borishmoqda.
Jismoniy mashqlar kuniga 2 marta - ertalab suvda, tushlik tanaffusidan keyin esa quruqlikda, sport zalida o'tkaziladi