Bugun murabbiylar va sportchilar uchun vebinar o'tkazildi, unga FINA mutaxassisi, FINA Texnik qo'mitasi a'zosi - Xana Novotna olib bordi. Ushbu onlayn sessiyada fitnes mashg'ulotlari nazariyasi va sportchilarning uy sharoitidagi mashg'ulotlari, shu jumladan chidamlilik va qisqa muddatli mashqlar tahlili nazariyasi o'rganildi.
Ta'kidlash joizki, Rossiya va Ukrainadan qiziqqan murabbiylar va sportchilar, Andijon va Samarqand mutaxassilarga qoshilib vebinarda qatnashishti. O'zbekiston suzish federatsiyasi Novotna xonimga vaqt ajratgani va bilim va tajriba almashish imkoniyati uchun minnatdorchilik bildiradi va o'z navbatida unga sport yutuqlarida yanada omad va sog'lik-salomatlik tilab qoladi!