Suzish bo'yicha Chexiya milliy terma jamoasi poytaxtga etib kelib, darhol suzish bo'yicha milliy terma jamoamiz a'zolari bilan birgalikda Respublika olimpiya zaxiralari kollejida qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inlarini boshladi.
Shuni ta'kidlash kerakki, Chexiya tarkibida avvalgi Olimpiya o'yinlari (va Tokio-2020 yo'llanmasi egasi) va suv sporti bo'yicha yirik chempionatlarning ishtirokchilari ham bor.
Ushbu o'quv-mashg'ulot yig'ini yaqinlashib kelayotgan "O'zbekiston ochiq chempionati" uchun maqbul sport holatga kelish va jismoniy tayyorgarlikni oshirish uchun yaxshi maydon bo'lib xizmat qilishi kerak, sababi ushbu musobaqa Tokio-2020 uchun kvalifikacion ballarni beradi.
Barbora Siimanova: 2016 yilda Rio-de-Janeyro-da bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi, Tokioda 100 va 200 metr masofalarda qatnashish huquqini qo'lga kiritgan, suzish bo'yicha Jahon chempionati-2018 (Xanchjou) finalchisi (finalda 6-chi va 8-chi).
Yan Mitska - 500 va 800 metr masofalarga suv sport turlari bo'yicha 2019 yilgi jahon chempionati (Gvanju) va 2017 yil (Budapesht) finalchisi, 2 karra Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi (London 2012 va Rio 2016). Tokio-2020 o'yinlarining bolajak ishtiroqchisi.
Lucie Svecena - Rio-2016 Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi, shuningdek 2017 va 2018 yillardagi suzish bo'yicha Jahon chempionatlari ishtiroqchisi.
Kristina Xorska - 2016 yilgi Olimpiya o'yinlariga qatnashish huquqini yuib olgan (lekin bormagan, jamoada limit bolganligi sababli) va shuningdek, 2018 yilgi Evropa chempionatining finalchisi