Yaqinlashib kelayotkan Tokio shahrida bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlariga saralash turniri sifatida qaraladigan suzish bo'yicha O'zbekiston kubogida Qirg'iziston va Chexiya kabi davlatlarning sport delegatsiyalari ishtirok etishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, musobaqa boshlanishidan oldin Chexiya delegatsiyasi tajriba almashish va kubokga munosib sport formasida bolish maqsadida, mahalliy sportchilar bilan qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazishni rejalashtirmoqda.
Qirg'iziston Respublikasi delegatsiyasi 7 kishidan iborat: 1 delegatsiya rahbari va 6 sportchi
Chexiya Respublikasi delegatsiyasi 18 kishidan iborat bo'ladi: 1 delegatsiya rahbari, 2 murabbiy, shifokor, 14 sportchi