Home
/
Tezkor xabarlar
/
Vladislav Mustafin “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Vladislav Mustafin “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi

← Oldingi Keyingi →
63
Vladislav Mustafin “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Qarorga koʻra fan, taʼlim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, sanʼat, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalari va huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun bir guruh yurtdoshlarimiz “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga diplom va koʻkrak nishoni tantanali vaziyatda topshirilib, sovrindorlarning har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.

Quvonarlisi, mukofotlanganlar qatoridan jismoniy tarbiya va sport sohasida Vatanimiz dovrugʻini koʻklarga koʻtarib kelayotgan sportchilar o'rasida bizning suzuvchimiz ham oʻrin olgan:

Mustafin Vladislav Alfredovich – Suzish boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi.

Eslatib o'tamiz, Vladislav turli musobaqalarning bir necha bor g'olibi bo'lgan. Shu jumladan:

Osiyo o'yinlari (Inchxon) 2014 yil: 3-o'rin (estafeta).
Italiyaning qishki chempionati - 2016 yil: 1-o'rin (50 ta brass usulida suzish - 27,83), 1-o'rin (100m brass usulida - 1.00.78)
O'g'il bolalar va qizlar (yoshlar) o'rtasida 9-Osiyo chempionati 2017 yil (Toshkent): 1-o'rin (50br - 28.01); (100 br - 1.01.93)
Suzish bo'yicha Latviya chempionati (Riga) 2018 yil - 1-o'rin (50m brass usulida suzish - 27,90), 1-o'rin (100m suzish - 1,01,78).
Jahon kubogi bosqichi (Vengriya) 2019 yil: 3-o'rin (50m brass usulida suzish - 27.46).
O'g'il bolalar va qizlar (yoshlar) o'rtasida 10-Osiyo chempionati (Bangalor, Hindiston) 2019 yil - 1-o'rin (50m brass usulida suzish - 27.51); 1-o'rin (100m brass usulida suzish - 1.01.23).
Flandriya chempionati (Antverpen) 2020 yil - 1-o'rin (50 ta brass 28.23), 1-o'rin (100m brass usulida 1.03.3)
Rio-de-Janeyroda bo'lib o'tgan 2016 yilgi XXXI yozgi Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi: (100m brass - 1.01.23)

photo_2020-08-28_22-38-35-min IMG_0329-min IMG_0328-min 20151106_181250-min

O'zbekiston Suzish Federatsiyasi mutasadilari yuksak davlat mukofotiga sazovor boʻlgan yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi va kelgusi faoliyatlarida ham omad yor boʻlishini tilab qoladi.

Bazi bir malumotlar shu yerdan olingan:https://minsport.uz/post/view/3713
Rasimlar Mustafin V.-ning shahsiy arhividan olindi

Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:
*
Спасибо! Форма отправлена