Qarshi shahrida birinchi marta O'zbekiston Respublikasi chempionati bo'lib o'tmoqda. Ushbu sport musobaqasiga yuqori darajada tayyorgarlik ko'rildi. Sport tadbirining ochilishida O'zbekiston Suzish federatsiyasi bosh kotibi G'aniev Alisher Qashqadaryo viloyati hokimligiga minnatdorlik bildirdi va G'aniev Alisher suv sportini rivojlantirishga va ommalashtirishga o’z hissasini qo’shgan mutasaddi rahbarlarga estalik sovg'alarni topshirdi.
Chempionat boshlanishidan oldin, 25 iyun kuni musobaqa bosh hakami Izzatilla Sunnatovich va bosh kotib Dmitriy Vladimorovich boshchiligida barcha jamoalar uchun mandat komissiyasi bo'lib o'tdi, unda suzish bo'yicha chempionat reglamenti tushuntirildi, va barcha vakillar musobaqa qoidalari bilan tanishdilar.
Suzish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi chempionati bilan birgalikda Xalqaro Olimpiya kuni o'tkazildi. Ushbu sport bayrami butun dunyoda keng nishonlanadi. Batafsil ma'lumotni avvalgi maqolada o'qishingiz mumkin.
Qarshi olimpiya zaxiralari kollejida bo'lib o'tadigan chempionatda mamlakatimizning turli mintaqalaridan (Andijon viloyati, Buxoro viloyati, Jizzax viloyati, Qoraqalpog'iston, Qashqadaryo viloyati, Navoiy viloyati, Namangan viloyati, ROZK, SST bo’yicha RIBO’OZSM, Samarqand viloyati, Surxondaryo viloyati, Sirdaryo viloyati, Toshkent, Toshkent viloyati, Farg'ona viloyati, Xorazm viloyati) 255 sportchi (92 qiz va 163 o'g'il) ishtirok etmoqda.
Bugun quyidagi masofalar bo'lib o'tdi: 100 m erkin usuli (erkaklar / ayollar), 200 m batterflay (erkaklar / ayollar), 1500 m erkin usuli (erkaklar / ayollar), 4x100 m aralash (erkaklar / ayollar).