Home
/
Tezkor xabarlar
/
Xorazm viloyatida, O‘zbekiston kubogida ishtirok etish uchun viloyat birinchiligi o‘tkazildi

Xorazm viloyatida, O‘zbekiston kubogida ishtirok etish uchun viloyat birinchiligi o‘tkazildi

← Oldingi Keyingi →
29
Xorazm viloyatida, O‘zbekiston kubogida ishtirok etish uchun viloyat birinchiligi o‘tkazildi

   2020 yil 14-chi Noyabr kuni, Xorazm viloyati Suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida, joriy yil 24-29 Noyabr kunlari suzish sport turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogida ishtirok etish uchun viloyat birinchiligi o‘tkazildi.

   Musobaqa barcha karantin qoidalariga roiya etilgan holda tashkil qilindi. Mazkur musobaqada Xorazm viloyatida joylashgan SSTIBO‘SM, UOZK, Urganch shaxar 1-sonli BO‘SM, Xonka tumani BO‘SM va OMSTIMI jamoalari yosh toifalariga bo‘lindi va ishtirok etdi. Ular I yosh toifasi 2001 yildan tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar, II yosh toifasi 2002-2003 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar, III yosh toifasi 2004-2005 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlarni tashkil etdi. Musobaqada jami 53 nafar o‘quvchi-sportchilar ulardan: 11 nafar qizlar, 42 nafar o‘g‘il bolalar tashkil etdi .

  Musobaqada yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchi-sportchilar keyinchalik O‘zbekiston kubogida qatnashish huquqida ega bo‘lishdi. 

photo_2020-11-14_20-36-16 photo_2020-11-14_20-36-01

Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:
*
Спасибо! Форма отправлена