Home/Yangiliklar/Ulyana Nazmutdinova: “Maqsadim o‘z ustimda yana-da ko‘proq ishlab, natijalarimni yaxshilab borish”

Ulyana Nazmutdinova: “Maqsadim o‘z ustimda yana-da ko‘proq ishlab, natijalarimni yaxshilab borish”

← Oldingi Keyingi →
20

IMG_20220731_160707_874

Xabaringiz bor, Vladivostok shahri (Rossiya)da o‘tkazilayotgan “Osiyo bolalari-2022” xalqaro sport o‘yinlarida mamlakatimiz suzuvchilari ham sovrindor bo‘lishda davom etishmoqda. Bu safar Ulyana Nazmutdinova 100 metr masofaga chalqancha usulda suzishda bronza medali bilan taqdirlandi.

Musobaqalardan so‘ng Ulyana ilk taasurotlari haqida quyidagilarni so‘zlab berdi.

“Kuchli hayajon bois, avvaliga sovrindor bo‘lganimga ishongim kelmadi. Bronza medalini qo‘lga kiritganimni bilgach, sovrindor bo‘lganimdan juda xursand bo‘ldim. Fursatdan foydalanib, bizga zarur barcha sharoitlarni yaratib berayotganlarga, shuningdek, qanday musobaqada qatnashmaylik, bizni doimo qo‘llab-quvvatlab turadigan oila aʼzolarimga, jamoadoshlarimga, muxlislarimizga samimiy minnatdorlik bildiraman. Maqsadim o‘z ustimda yana-da ko‘proq ishlab, natijalarimni yaxshilab borish”.

Biz ham o‘z navbatida Ulyana Nazmutdinovaga kelgusi musobaqalarda ham ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Creative Commons Attribution 4.0 International
Сайтдаги барча материаллардан қуйидаги лицензия бўйича фойдаланиш мумкин: Creative Commons Attribution 4.0 International.
Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена