Home/Yangiliklar/Diana Onkes: “Bugungi kunda bu eng yaxshi ko‘rsatkich, ammo biz o‘z ustimizda ishlashda davom etamiz”

Diana Onkes: “Bugungi kunda bu eng yaxshi ko‘rsatkich, ammo biz o‘z ustimizda ishlashda davom etamiz”

← Oldingi Keyingi →
42

20220615113549

Avval xabar berganimizdek, Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o‘tkazilayotgan suv sporti turlari bo‘yicha jahon chempionatida bugun sinxron suzuvchilarimiz ham bahslarga kirishdilar.

Erkin duet dasturida ishtirok etgan sportchilarimizning chiqishlari hakamlar tomonidan  81.333 ball bilan baholandi.

Musobaqadan so‘ng terma jamoamiz aʼzosi Diana Onkes jahon chempionatidagi ishtiroklari haqida o‘z fikrlarini quyidagicha izoxladi.

“Ochig‘i, bizning ishtirokimizga qo‘yilgan ballarni ko‘rib quvonib ketdik. Sababi, bu shu kunga qadar qo‘lga kiritilgan eng yuqori ko‘rsatkich edi. Bugungi kunda bu eng yaxshi natija hisoblanadi, ammo biz o‘z ustimizda ishlashda davom etamiz. Jahon chempionatidagi muhit hamda bu yerda ishtirokchilarga yaratilgan sharoitlar haqida bir so‘z bilan aytadigan bo‘lsam, hammasi oliy darajada”, - dedi Diana Onkes.

Biz ham o‘z oldiga doimo yuqori maqsadlarni qo‘yadigan sportchilarimizga kelgusi musobaqalarda ham omad va zafarlar tilab qolamiz.

Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена