Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o‘tkazilayotgan jahon chempionatida bugun beshinchi kungi musobaqalar o‘tkaziladi. 22 iyun kuni suzish, suv polosi va sinxron suzish bo‘yicha saralash, yarim final hamda final musobaqalari o‘tkaziladi.
Quyida bugun bo‘ladigan musobaqalar taqvimi berilgan:
Suzish
Kunduzgi dastur
100 m. erkin usulda suzish (ayollar)
200 m. chalqancha suzish (erkaklar)
200 m. brass (ayollar)
4x200 m. estafeta, erkin usulda (ayollar)
Kechki dastur
200 m. batterflyay (ayollar, final)
100 m. erkin usulda suzish (ayollar, yarim final)
100 m. erkin usulda suzish (erkaklar, final)
50 m. chalqancha suzish (ayollar, final)
200 m. brass (erkaklar, yarim final)
200 m. kompleks (erkaklar, final)
200 m. brass (ayollar, yarim final)
200 m. chalqancha suzish (erkaklar, yarim final)
4x200 m. estafeta, erkin usulda (ayollar, final)
Sinxron suzish
Jamoaviy (ayollar, saralash)
Solo (ayollar, final)
Suv polosi
Ayollar jamoalari
Kolumbiya – Kanada (“A” guruhi)
Italiya – Vengriya (“A” guruhi)
Argentina – JAR (“B” guruhi)
AQSH – Niderlandiya (“B” guruhi)
Avstraliya – Yangi Zelandiya (“C” guruhi)
Braziliya – Qozog‘iston (“C” guruhi)
Ispaniya – Gretsiya (“D” guruhi)
Tailand – Fransiya (“D” guruhi)