Budapesht shahri (Vengriya)da suv sporti turlari bo‘yicha boshlangan jahon chempionatida dastlabki sovrindorlar aniqlandi.
Birinchi kungi bahslarda suzish va sinxron suzish bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Qizg‘in kechgan bahslarning yakunlariga ko‘ra quyidagi sportchilar sovrinli o‘rinlarni band etishdi.
Suzish.
400 m erkin usul. (erkaklar)
1 o‘rin – Elayja Uinnington (Avstraliya)
2 o‘rin – Lukas Martens (Germaniya)
3 o‘rin – Gilyerme Kosta (Braziliya)
400 m volniy stil (ayollar)
1 o‘rin – Keti Ledeki (AQSH)
2 o‘rin – Sammer Makintosh (Kanada)
3 o‘rin – Lea Smit (AQSH)
400 m kompleks (erkaklar)
1 o‘rin – Leon Marshan (Fransiya)
2 o‘rin – Karson Foster (AQSH)
3 o‘rin – Cheyz Kalish (AQSH)
Estafeta 4x100 m erkin usul (ayollar)
1 o‘rin – Avstraliya
2 o‘rin – Kanada
3 o‘rin – AQSH
Estafeta 4x100 m erkin usul (erkaklar)
1 o‘rin – AQSH
2 o‘rin – Avstraliya
3 o‘rin – Italiya
Kechki dasturdan o‘rin olgan musobaqalar:
100 m brass (erkaklar, final)
100 m batterflyay (ayollar, final)
100 m chalqancha (erkaklar, yarim final)
100 m brass (ayollar, yarim final)
50 m batterflyay (erkaklar, final)
100 m chalqancha (ayollar, yarim final)
200 m erkin usul (erkaklar, yarim final)
200 m kompleks (ayollar, final)
Sinxron suzish
Texnik solo (ayollar) (final)
1 o‘rin – Yukiko Inui (Yaponiya) (92.8662 ball)
2 o‘rin – Marta Vadimovna Fedina (Ukraina) (91.9555)
3 o‘rin – Yevangeliya Platanioti (Gretsiya) (89.5110)
Kechki dasturda:
Texnik duet (ayollar, final)