Home/Yangiliklar/Sinxron suzish. Hamyurtlarimiz jahon chempionatida bahslarga kirishdilar

Sinxron suzish. Hamyurtlarimiz jahon chempionatida bahslarga kirishdilar

← Oldingi Keyingi →
16

20220616205959 

Xabaringiz bor, shu kunlarda Budapesht shahri (Vengriya)da suv sporti turlari bo‘yicha 19-jahon chempionati bahslari o‘tkazilyapti. Bugun musobaqalarning to‘rtinchi kuni sinxron suzish bo‘yicha terma jamoamiz aʼzolari Diana Onkes va Ziyodaxon Toshxo‘jayeva juftligi (Anna Vashenko zaxira sportchi) saralash bahslarida ishtirok etishdi.

Erkin duet dasturida qatnashgan vakillarimizning chiqishlari hakamlar tomonidan 81.3333 ball bilan baholandi. Afsuski, ushbu natija terma jamoamiz aʼzolariga final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun biroz kamlik qildi.

IMG_20220616_200941_647

Qizg‘in kechgan musobaqalarning yakunlariga ko‘ra ushbu dasturda Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSH, Meksika, Isroil, Gretsiya, Italiya, Xitoy, Ukraina, Ispaniya va Avstriya terma jamoalari medallar uchun kurashni davom ettiradigan bo‘lishdi.

Final musobaqalari 23 iyun kuni o‘tkaziladi.

Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена