Xabaringiz bor, shu kunlarda Vengriya poytaxti Budapesht shahrida suv sporti turlari bo‘yicha jahon chempionati bahslari o‘tkazilmoqda. Dunyoning eng sara sportchilari ishtirokida o‘tayotgan mazkur nufuzli musobaqada mamlakatimiz vakillari ham sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishyapti.
Bugun suvga sakrash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari jahon chempionatida ishtirok etish uchun Budapesht shahriga jo‘nab ketishdi.
Hamyurtlarimiz ushbu musobaqada 10 metr balandlikdagi tramplindan sinxron sakrash hamda 3 metr balandlikdan sakrash bahslarida ishtirok etadilar.
Xususan, 27 iyun kuni 3 metr balandlikdan sakrash musobaqasida Kamronbek Xojimov bahslarga kirishsa, 28 iyun kuni 10 metr balandlikdagi tramplindan sinxron sakrash musobaqalarida Botir Hasanov va Marsel Zaynetdinov dueti Vatanimiz sharafini himoya qiladi.
Quyida, Budapesht shahriga yo‘l olgan terma jamoamiz tarkibi berilgan:
Bobur Hasanov – O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi
Sevara Miryoqubova – murabbiy
Kamronbek Xojimov – terma jamoa aʼzosi
Botir Hasanov – terma jamoa aʼzosi
Marsel Zaynetdinov – terma jamoa aʼzosi
Savron Murodov – massajist