Home/Yangiliklar/Suzish. Jahon chempionati boshlandi

Suzish. Jahon chempionati boshlandi

← Oldingi Keyingi →
93
Suzish. Jahon chempionati boshlandi

Bugun Vengriya poytaxti Budapesht shahrida suv sporti turlari bo‘yicha XIX bor tashkil etilayotgan jahon chempionati bahslari boshlandi.

Xalqaro suzish federatsiyasi (FINA) shafeligida o‘tkaziladigan mazkur yirik sport anjumanida suzish, suvga sakrash, sinxron suzish, suv polosi va ochiq suv havzasida suzish bo‘yicha jami 74 ta komplekt medallar o‘ynaladi.

17 iyun sanasida jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi va sinxron suzish bo‘yicha saralash musobaqalar o‘tkazilgan bo‘lsa, bugun suzish va sinxron suzish bo‘yicha jami 6 ta komplekt medallar o‘ynaladi.

Avval xabar qilganimizdek, mazkur jahon chempionatida mamlakatimiz sportchilari suzish, suvga sakrash va sinxron suzish musobaqalarida startga chiqishadi.

Hamyurtlarimiz orasida birinchi bo‘lib bahslarga Xurshid Tursunov kirishdi. 50 metr masofaga batterflyay usulida suzish bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada ishtirok etgan Xurshid belgilangan masofani 25,44 soniyada suzib o‘tdi. Afsuski, bu natija unga yarim finalga chiqishi uchun biroz kamlik qildi.

Endi Xurshid Tursunov 23 iyun kuni 50 metr masofaga erkin usulda suzish musobaqasida startga chiqadi.

19 iyun sanasida esa suzish musobaqalarida Vatanimiz sharafini himoya qilayotgan yana bir yurtdoshimiz Aleksey Tarasenko bahslarga kirishadi. Tajribali sportchimiz 200 metr masofaga erkin usulda suzish musobaqalarida ishtirok etadi.

Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена