Home/Yangiliklar/Suzish. Jahon chempionatida O‘zbekiston rekordi yangilandi

Suzish. Jahon chempionatida O‘zbekiston rekordi yangilandi

← Oldingi Keyingi →
76

IMG_9861

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida suv sporti turlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan jahon chempionatida hamyurtimiz Aleksey Tarasenko O‘zbekiston rekordini yangiladi.

100 metr masofaga erkin usulda suzish musobaqasida bahslarga kirishgan sportchimiz belgilangan masofani 49.35 soniyada suzib o‘tib, avvalgi rekord ko‘rsatkichni 0.10 soniyaga yaxshilashga muvaffaq bo‘ldi.

Afsuski, ushbu ko‘rsatkich hamyurtimizni yarim final bahslariga chiqishi uchun biroz kamlik qildi va shu tariqa, Aleksey Tarasenko Budapesht shahrida o‘tkazilayotgan jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi.

Maʼlumot uchun.  100 metr masofaga erkin usulda suzish bo‘yicha O‘zbekistonning avvalgi rekordi terma jamoamizning yana bir tajribali sportchisi Xurshid Tursunovga tegishli edi.

Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена