O‘zbekiston suzish federatsiyasi tomonidan sportchi va murabbiylarning nazariy hamda amaliy bilimlarini oshirish, ularning tajriba va mahoratlarini yana-da toblash maqsadida mamlakatimizning barcha hududlarida ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etib kelinmoqda.
Mana shunday seminarlarning navbatdagisi bugun Qashqadaryo viloyatida boshlandi. O‘zbekiston suzish federatsiyasining maxsus ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilayotgan seminarda suzish bo‘yicha qashqadaryolik yetakchi sportchilari va joylarda faoliyat olib borayotgan murabbiylar ishtirok etishmoqda.
Seminar anʼanaga ko‘ra ikki qismda tashkil etilgan bo‘lib, uning nazariy qismi kunning birinchi yarmida o‘tkazilsa, amaliy ko‘nikmalar kechki dasturdaan o‘rin egallagan.