Home/Yangiliklar/Suzish. Poytaxtimizda mamlakat chempionati o‘tkaziladi

Suzish. Poytaxtimizda mamlakat chempionati o‘tkaziladi

← Oldingi Keyingi →
37

dsc0881

Joriy yilning 21-25 iyun kunlari poytaxtimizdagi Respublika olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejining suzish havzasida suzish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi.

Bu yilgi musobaqada Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, shuningdek, Samarqand, Farg‘ona, Toshkent, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Navoiy, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Buxoro va Xorazm viloyatidan kelgan sportchilar sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishadi.

Maʼlumki, keyingi yillarda sportning ushbu turi mamlakatimizda rivojlanib, iqtidorli sportchilar safi kengayib boryapti. Bu esa Respublika miqyosidagi musobaqalarni kuchli raqobat ostida kechishini taʼminlamoqda. Mutaxassislar ertadan boshlanadigan mamlakat chempionatida ham har bir yo‘nalishgda sovrinli o‘rinlar uchun bahs qizg‘in kechishini taʼkidlashmoqda.

Birinchi kungi bahslarda 200 metr masofaga batterflyay usulida suzish, 1500 metrga erkin usulda suzish hamda 4x100 metr masofaga estafeta musobaqasida g‘olib va sovrindorlar nomi maʼlum bo‘ladi. Musobaqalar soat 9:30da boshlanadi.

Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена