Xabaringiz bor, ayni paytda Vengriya poytaxti Budapesht shahrida suv sporti turlari bo‘yicha jahon chempionati bahslari o‘tkazilmoqda.
Bugun ikkinchi kungi bahslarda yana bir hamyurtimiz Aleksey Tarasenko startga chiqdi. 200 metr masofaga erkin usulda suzish musobaqasida bahslarga kirishgan sportchimiz belgilangan masofani 1:49.87 soniyada suzib o‘tdi. Afsuski, ushbu natija unga yarim finalga chiqishi uchun kamlik qildi.
Endi Aleksey Tarasenko 21 iyun sanasida 100 metr masofaga erkin usulda suzish bo‘yicha o‘tkaziladigan saralash musobaqasida startga chiqadi.