Maʼlumki, shu kunlarda Vengriya poytaxti Budapesht shahrida suv sporti turlari bo‘yicha 19-jahon chempionati bahslari qizg‘in davom etmoqda.
Bugun musobaqalarning oltinchi kuni hamyurtimiz Xurshid Tursunov ham startga chiqdi. 50 metr masofaga erkin usulda suzish bahslarida ishtirok etgan yurtdoshimiz belgilangan masofani 23.20 soniyada suzib o‘tdi.
Afsuski, ushbu ko‘rsatkich uni keyingi bosqichga chiqishi uchun kamlik qildi. Shu tariqa, Xurshid jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi.
Maʼlumot uchun. Xurshid Tursunov mazkur jahon chempionatida hamyurtlarimiz orasida birinchi bo‘lib bahslarga kirishdi va 50 metr masofaga batterflyay usulida suzish bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada belgilangan masofani 25,44 soniyada suzib o‘tdi. Ushbu natija yarim finalga chiqishi uchun yetarli bo‘lmadi.